14/03/2023

Joriy yilning 14- mart kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining oʻrinbosari B.Maxkamov Sirdaryo tumanida boʻlib, tuman statistika boʻlimi registratori Gʻ.Rasulov bilan birgalikda "Iste’mol narxlari indeksi" kuzatuvining nooziq-ovqat bo‘limi boʻyicha tumanda faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlarida statistik kuzatuvlarni o‘tkazdi.

Kuzatuv davomida boshqarma boshlig‘ining oʻrinbosari B.Maxkamov tomonidan registratorga nooziq-ovqat boʻlimi boʻyicha narxlar planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.