14/03/2023

Joriy yilning 14- mart kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi oʻrinbosari S.Yaxyayev boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari boʻlimi bosh mutaxassisi Q.Maxkamov bilan birgalikda uy xoʻjaliklari kuzatuv jarayonida olinayotgan maʻlumotlarning haqqoniyligi va sifatini taʻminlash maqsadida, Boyovut tumani Uchturgon MFY ga tashrif buyurib, hozirda uy xoʻjaliklari kuzatuvlariga tushgan X.Do'stligi ko‘chasida istiqomat qiluvchi Mansurov Yo‘ldosh xonadonida respondent bilan planshet qurilmasi orqali uy xo‘jaligi savolnomalarini o‘tkazdi.