14/03/2023

2023- yil 1- fevral holatiga avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi (IFUT-2 45- bo‘lim 45.2 va 45.40.3 kodlaridan tashqari – motorli transport vositalari va mototsikllarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish) 17 900,8 mln. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 76,2 % ga kamaydi. Shuningdek, kichik biznes korxonalar savdo hajmi 17 123,2 mln. so‘m (o‘sish sur’ati75,2 %), xususiy tadbirkorlik subyektlari savdo hajmi – 777,6 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati – 106,7 %) tashkil qildi.