14/03/2023

Joriy yil 13- mart kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari S.Yaxyayev kuzatuvga mas'ul xodim M.Xaqnazarov bilan birgalikda Boyovut tumanida 4 JSH (xizmat) aholiga xizmat ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarni tanlama kuzatuvi so‘rovnomasi o‘tkazildi.

Kuzatuv jarayonida yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) tomonidan 76 tur bo‘yicha har bir mijozga ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining o‘rtacha tushgan tushumi, bir kunda mijozlar soni, bir oyda ish kunlari soni kabi so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Bundan tashqari mazkur kuzatuv bo‘yicha respondentlarga tushuntirish ishlari olib borildi.