13/03/2023

Joriy yilning 13- mart kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi oʻrinbosari S.Yaxyayev Yangiyer shahrida boʻlib, shahar statistika boʻlimi registratori M.Mamasharipov bilan birgalikda “Iste’mol narxlari indeksi” kuzatuvining nooziq-ovqat bo‘limi boʻyicha shaharda faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlarida statistik kuzatuvlarni o‘tkazdi.

Kuzatuv davomida boshqarma boshlig‘ining birinchi oʻrinbosari S.Yaxyayev tomonidan registratorga nooziq-ovqat boʻlimi boʻyicha narxlar planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.