13/03/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar oyida O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha 4825,8 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi. Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilishi bo‘yicha ishlar 3304,7 mlrd. so‘mni, fuqarolik obyektlari qurish bo‘yicha 884,4 mlrd. so‘m va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari 636,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek ularning jamiga nisbatan ulushi mos ravishda 68,4 %, 18,3 % va 13,3 % ni tashkil etdi.