Joriy yilning 10- mart kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining oʻrinbosari B.Maxkamov Yangiyer shahrida boʻlib, shahar statistika boʻlimi registratori M.Mamasharipov bilan birgalikda "Iste’mol narxlari indeksi" kuzatuvining xizmatlar bo‘limi boʻyicha shaharda faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan Astro neyromed klinikasi va Yangiyer Ziyo Nur o‘quv markaziga borib statistik kuzatuvlarni o‘tkazdi.
Kuzatuv davomida xizmatlar bo‘limi boʻyicha boshqarma boshlig‘ining oʻrinbosari B.Maxkamov tomonidan registratorga planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.