Davlat statistika qo‘mitasining 2021-yil 26-fevraldagi 4-son qaroriga asosan joriy yilning 10-mart kuni boshqarmaning belgilangan reja-jadvaliga koʻra Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari S.Yaxyayev Xovos tumanida 12-bozor (chorva) va 4-JSH (YATT) savdo kuzatuvlarida ishtirok etib, savdo kuzatuv maʼlumotlarini sifatli va haqqoniyligini oʻrgandi.
Kuzatuv davomida boshqarma boshlig‘ining birinchi oʻrinbosari S.Yaxyayev tomonidan intervyuer Abdug‘aniyev Sanjarga savdo kuzatuvlari boʻyicha maʼlumotlarni planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.