11/03/2023

 Joriy yilning 11- mart kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida Guliston Davlat Universiteti talabalariga, boshqarmaning bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustda qabul qilingan “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun va mohiyatini tushuntirish ishlari olib borildi.

Tushuntirish ishlari davomida Universitet talabalariga “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonun qanday talablar asosida ishlab chiqilganligi, “Rasmiy statistika” tushunchasini kelib chiqish tarixi, “Rasmiy statistika” qaysi mezonlarga javob berishi kerakligi to‘g‘risida toʻxtalib, talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berib o‘tdi. Shuningdek talabalarga boshqarma tomonidan ishlab chiqilgan bukletlar tarqatildi.