09/03/2023

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar oyida 20 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 3,6 ming tonna choy import qilgan.

Choy importi hajmi oʻtgan \yilning mos davri bilan solishtirilganda 849 tonnaga oshgan.

Yanvar oyida Oʻzbekiston eng koʻp choy import qilgan davlatlar:

Xitoy – 2762 tonna

Eron – 335 tonna

Keniya – 144 tonna

Hindiston – 113 tonna

BAA – 76 tonna

Shri-Lanka – 54 tonna

Rossiya – 27 tonna