Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 3,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 698 tonna kofe import qilgan.
Kofe importi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 57,7 tonnaga kamaygan.
2023-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonga import qilingan kofening eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:
Rossiya – 283 tonna
Malayziya – 218 tonna
Indoneziya – 70 tonna
Italiya – 33 tonna
Braziliya – 27 tonna
BAA – 26 tonna
Germaniya – 14 tonna