07/03/2023

Ayol - borliq ko‘zgusi. Uning go‘zalligi olamni charog‘on etadi. U oilani ham, jamiyatni ham birlashtirib, fayz-u baraka kiritadi. Xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladi.

Bugun viloyat statistika boshqarmasida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan boshqarma boshlig‘i U.Elmuratov boshchiligida bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbirida tizimda faoliyat olib borayotgan barcha ayol-qizlarga boshqarma boshlig‘i va yigitlari tomonidan samimiy tilaklar bildirilib, qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

Fursatdan foydalanib, Sirdaryo viloyat statistika boshqarmasi betakror va latofatli ayol-qizlarimizni ushbu bahoriy ayyom bilan yana bir bor muborakbod etamiz! Doimo fasli navbahor kabi latofatli bo‘lishingizni, qolaversa, yuzingizdan tabassum aslo arimasligini tilab qolamiz.