06/03/2023

2023-yilning 1-fevral holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni 5 256 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 31,5 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 5 248 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni quyidagicha taqsimlangan:

Guliston shahri – 1 673 ta

Sirdaryo tumani – 713 ta

Guliston tumani – 425 ta

Boyovut tumani – 417 ta

Yangiyer shahri – 384 ta

Sayxunobod tumani – 370 ta

Mirzaobod tumani – 357 ta

Oqoltin tumani – 291 ta

Sardoba tumani – 275 ta

Xovos tumani – 223 ta

Shirin shahri – 128 ta