Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1-fevral holatiga Sirdaryo viloyatida 2019- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 166,3 foizni tashkil etdi. So‘nggi yillarda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:
2019 yilda – 1 318 ta
2020 yilda – 1 768 ta
2021 yilda – 2 101 ta
2022 yilda – 2 197 ta
2023 yilda – 2 192 ta