24/02/2023

Joriy yilning 24-fevral kuni Viloyat statistika boshqarmasida, boshqarma, tuman va shahar xodimlariga, huquqiy bilimlar kuni doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-816-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-21-son Farmoni va boshqa qonun xujjatlari yuzasidan masofaviy onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i U.Elmuratov, boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari S.Yaxyayev, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova, boshqarma va tuman-shahar bo'limi xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i U.Elmuratov kun tartibidagi masala bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi va so‘zni boshqarmaning bosh yuriskonsulti K.Gaynazarovaga berdi.

K.Gaynazarova, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma`lumotlarining milliy bazasi- “Lex.uz” dan olingan, Davlat statistika agentligi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirib, yuqorida keltirib o‘tilgan qonun xujjatlarining mazmuniga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova javob berib o‘tdi.