Sirdaryo viloyati shahar va tumanlarida yakka tartibda foydalanishga topshirilgan uy-joylarning tanlanma kuzatuvi, statistik dasturida belgilangan muddatlarda kuzatuvni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 24- fevral kuni Guliston shahar Bahor mahallasida, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U.Elmuratov, boshqarmaning Investitsiya va qurilish bo‘limi bosh mutaxassisi B.Umarqulov, Guliston shahar statistika bo‘limi boshlig‘i A.Qurbanovlar bilan birgalikda navbatdagi 4-TJ “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar tanlanma kuzatuvi” o‘tkazildi.
Kuzatuv davomida 2022- yil oktabr-dekabr oylarida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar tanlanma kuzatuvini planshet qurilmasiga o‘z vaqtida xato-kamchiliklarsiz sifatli kiritilishi bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.