24/02/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil yanvar oyida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 1 125,5 mlrd. soʻmga yetdi. 2022-yil yanvar oyiga nisbatan oʻsish surʼati 110,3 % ni tashkil etdi. Taʼlim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy taʼlim sohasidagi xizmatlar ustunlik qiladi, ularning ulushi 2023-yil yanvar oyida 52,8 % ni tashkil etdi.