O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar tanlanma kuzatuvini tashkil etish va o‘tkazish tartibi”ga muvofiq, 2022- yil oktabr-dekabr oylarida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar tanlanma kuzatuvini 2023- yilning 15-27- fevral kunlari planshet vositasida sifatli o֥‘tkazish belgilangan.
Sirdaryo viloyati Davlat kadastri palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan qurilishi yakunlanib, kadastr xujjatlari rasmiylashtirilgan jami uy-joylar, shuningdek, tanlanma kuzatuv o‘tkaziladigan uy-joylar (jami uy-joylarning 10-15 %) ro‘yxati bo‘yicha, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan belgilangan grafik bo‘yicha joylarda kuzatuv o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan, kuzatuvni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 24- fevral kuni Sirdaryo viloyati Guliston tumanida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Yaxyayev, boshqarmaning Investitsiya va qurilish bo‘limi bosh mutaxassisi B.Umarqulov bilan birgalikda kuzatuv o‘tkazish jarayonida ishtirok etishdi.