Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-fevral holatiga tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 20 207 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlar ulushining 3,5 foizini tashkil etdi. Ularning so‘nggi besh yildagi o‘sish dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks topdi:
2019- yilda – 13 624 ta
2020- yilda – 15 592 ta
2021- yilda – 17 463 ta
2022- yilda – 18 500 ta
2023- yilda – 20 207 ta