23/02/2023

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari boʻlimi xodimlari tomonidan  uy xoʻjaliklari tanlovini amalga oshirish ushun zarur boʻlgan maʻlumotlarni tayyorlash, soʻrovnomalarni va boshqa soʻrov hujjatlari boʻyicha birlamchi statistika maʻlumotlarini yigʻish, ularning nazorati va tahlil qilish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yilning 23- fevral kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining oʻrinbosari B.Maxkamov uy xoʻjaliklari kuzatuv jarayonida olinayotgan maʻlumotlarning haqqoniyligi va sifatini taʻminlash maqsadida, Oqoltin tumani Mustaqillik MFY ga borib, hozirda uy xoʻjaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egasi Ma'rifat ko‘chasi 1- uy 7- xonadonda istiqomat qiluvchi respondent Po‘latov Ravshanbek, 3- uy 18- xonadonda istiqomat qiluvchi respondent Azizova Mavjuda bilan planshet qurilmasi orqali uy xo‘jaligi savolnomalarini o‘tkazdi.