21/02/2023

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning 1-fevral holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 14 545 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 14 477 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Guliston shahrida – 3 972 ta
  • Sirdaryo tumani – 1 971 ta
  • Mirzaobod tumani – 1 255 ta
  • Sayxunobod tumani – 1 159 ta
  • Boyovut tumani – 1 158 ta
  • Guliston tumani – 1 105 ta

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 5 248 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 433 ta
  • sanoat sohasida – 2 162 ta
  • qurilish sohasida – 1 598 ta