2023-yilning 1-fevral holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 16 686 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,5 foizga oshganligi va shu bilan birga 87,2 foizini (14 545 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
Guliston shahri – 4 553 ta
Sirdaryo tumani – 2 239 ta
Mirzaobod tumani – 1 419 ta
Boyovut tumani – 1 391 ta
Sayxunobod tumani – 1 330 ta
Guliston tumani – 1 270 ta
Yangiyer shahri – 1 097 ta
Oqoltin tumani – 1 040 ta
Sardoba tumani – 997 ta
Xovos tumani – 932 ta
Shirin shahri – 418 ta