Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilda Oʻzbekiston 17 ta xorijiy davlatlarga qiymati 25,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 230 mingta kir yuvish mashinalari eksport qilgan.
Kir yuvish mashinasi eksporti hajmi 2021-yil bilan solishtirilganda 43 mingtaga oshgan.
2022-yilda Oʻzbekiston eng koʻp kir yuvish mashinalarini eksport qilgan davlatlar:
Tojikiston – 76,6 mingta
Qozogʻiston – 60 mingta
Rossiya – 41,1 mingta
Qirgʻiz R. – 21,6 mingta
Ozarbayjon – 8,6 mingta
Moldova – 7,2 mingta
Turkmaniston – 5,2 mingta
Turkiya – 3,7 mingta