20/02/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilda Oʻzbekiston 11 ta xorijiy davlatlardan qiymati 5,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,2 ming tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.

Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 398 tonnaga oshgan.

2022-yilda import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarinining eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:

Rossiya – 735 tonna

Qozogʻiston – 369 tonna

Fransiya – 36 tonna

Belаrus – 32 tonna

Litva – 29 tonna

Italiya – 0,2 tonna

Niderlandiya – 0,1 tonna