17/02/2023

Viloyatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlariga erishishda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Mazkur dastur doirasida kiritilgan 92 ta loyiha bo‘yicha 1600 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 46,8 mln. AQSH dollari miqdorida eksport qilindi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida 669 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda yangi tashkil etilgan ish o‘rinlari soni 4,6 % ga kamaygan. Shu bilan birga, 2021- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan mahalliylashtirilgan mahsulotlar eksporti hajmining o‘sganligi kuzatildi.