Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar oyida 5 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Shundan eng koʻp tashrif, yaʼni 3,5 ming nafar tojikistonliklar davolanish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan.
Yanvar oyda davolanish maqsadida tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni:
Tojikiston – 3,5 ming kishi
Qozogʻiston – 0,8 ming kishi
Qirgʻiz R. – 0,5 ming kishi
Rossiya – 0,1 ming kishi
Boshqa davlatlar – 0,1 ming kishi