16/02/2023

2023-yilning 1-fevral holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni  2192 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 13,1 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 2162 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

Guliston shahri – 529 ta

Sirdaryo tumani – 345 ta

Boyovut tumani – 197 ta

Mirzaobod tumani – 188 ta

Yangiyer shahri – 176 ta

Sayxunobod tumani – 175 ta

Guliston tumani – 150 ta

Xovos tumani – 139 ta

Oqoltin tumani – 121 ta

Sardoba tumani – 103 ta

Shirin shahri – 69 ta