16/02/2023

Bundan 60 yil ilgari, ya’ni, 1963-yil 16-fevral kuni Sirdaryo viloyati tashkil topgan.

Hozirda viloyatning aholisi soni 896,6 ming kishini, shundan, 450,2 ming nafarini erkaklar, 446,4 ming nafarini ayollar tashkil etadi.

Bugungi kunda viloyatga bo‘ysunuvchi 3 ta shahar va 8 ta tuman, shuningdek, tumanlarga bo‘ysinuvchi 25 ta shaharcha, 236 ta mahalla fuqarolari yig‘ini mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat Shimolidan Qozog‘iston Respublikasi, sharqdan Toshkent viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi va g‘arbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 4.28 ming km.

Barcha sirdaryoliklarni qutlug‘ 60 yillik shodiyona bilan muborakbod etamiz!