16/02/2023

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar oyida 423,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 254,1 ming nafarga yoki 2,5 baravarga oshgan.

2023-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:

qarindoshlarni yoʻqlash – 379,6 ming kishi

dam olish – 26,9 ming kishi

xizmat yuzasidan – 8,2 ming

davolanish – 5,0 ming kishi

tijorat – 2,8 ming kishi

oʻqish maqsadida – 1,2 ming kishi