15/02/2023

2023- yilning 1- fevral holatiga Sirdaryo viloyatida jami 1603 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, ular o‘tgan yilning mos davriga ( 1 571 ta) nisbatan 32 taga ko‘paygan. Bundan tashqari 2023- yilning yanvar oyida 12 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalar soni quyidagicha taqsimlangan:

Guliston shahri – 593 ta

Sirdaryo tumani – 167 ta

Mirzaobod tumani – 155 ta

Yangiyer shahri – 119 ta

Guliston tumani – 104 ta

Oqoltin tumani– 98 ta

Boyovut tumani – 97 ta

Sayxunobod tumani – 95 ta

Xovos tumani – 87 ta

Shirin shahri – 47 ta

Sardoba tumani – 41 ta