Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar oyida 423,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 254,1 ming nafarga yoki 2,5 baravarga oshgan.
Oʻzbekistonga yanvar oyida eng koʻp qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?
Tojikiston – 139,6 ming nafar
Qozogʻiston – 116,6 ming nafar
Qirgʻiz R. – 103,2 ming nafar
Rossiya – 41,9 ming nafar
Turkiya – 6,7 ming nafar
Koreya – 2,4 ming nafar
Turkmaniston – 2,3 ming nafar
Hindiston – 1,1 ming nafar
Ozarbayjon– 0,7 ming nafar
Belarus R. – 0,7 ming nafar
AQSH – 0,6 ming nafar
Germaniya – 0,5 ming nafar
Fransiya – 0,3 ming nafar
Buyuk Britaniya – 0,4 ming nafar
Xitoy – 0,4 ming nafar