Joriy yilning 14- fevral kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari B.Maxkamov «Iste’mol narxlari indeksi»kuzatuvining nooziq-ovqat mahsulotlari guruhi boʻyicha, Guliston shahrida faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan Globus supermarketiga borib narx-navolarni oʻrgandi. Tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligini tekshirib, supermarket sotuvchi va tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.