2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida mashina, uskuna va inventarlarning ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Boyovut tumanida kuzatildi – 91,2 % yoki 5 029,6 mlrd. so‘m.
Mashina, uskuna va inventarlarning ulushi bo‘yicha eng quyi daraja Guliston tumanida kuzatilib, 34,9 % ni yoki 92,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.Shuningdek, Guliston shahrida qurilish-montaj ishlariga xarajatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich – 60,5 % yoki 716,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.