07/02/2023

Sirdaryo viloyatida 2023- yil 1- yanvar holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 209,5 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,2 kishiga ortgan (2022- yil 1-yanvar holatiga 1 kv.km.ga 205,5 kishi to‘g‘ri kelgan).

Hududlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichliginig eng yuqori ko‘rsatkichi Guliston shahrida 2764,4 kishi, Yangiyer shahrida 1559,0 kishi, Shirin shahrida 1437,1 kishi, Boyovut tumanida 258,8 kishi, Sirdaryo tumanida 242,8 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Oqoltin tumanida 99,3 kishi, Mirzaobod tumanida 122,8 kishini tashkil etgan.