Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022 yilda xorijga qiymati 43,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 237,1 mingta televizor eksport qilgan.
Televizor eksporti 2021 yil bilan solishtirilganda qariyb 129,5 mingtaga oshgan.
Oʻzbekiston 2022 yilda eng koʻp televizor eksport qilingan davlatlar:
Rossiya – 146,7 mingta
Ozarbayjon – 47,8 mingta
Qozogʻiston – 24,7 mingta
Tojikiston – 6 mingta
Armaniston – 3 mingta
Qirgʻiz R. – 2,5 mingta
Turkmaniston – 2,4 mingta