Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 15 858,5 tonna makaron ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 132,6 %ni tashkil etdi.
2022-yilning dekabr oyida yirik korxonalar tomonidan 1 490,4 tonna makaron ishlab chiqarildi.