30/01/2023

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023- o‘quv yilida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha mulkchilik shaklidagi umumta’lim muassasalaridagi jami ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni 6461,7 ming nafarni tashkil etib, so‘nggi besh yil ichida 610,8 ming nafarga ko‘paygan.

Umumta’lim muassasalaridagi o‘quvchilarning yillar kesimidagi soni:

2018/2019 - 5850,9 ming nafar

2019/2020 - 6168,2 ming nafar

2020/2021 - 6287,9 ming nafar

2021/2022 - 6304,6 ming nafar

2022/2023 - 6461,7 ming nafar