27/01/2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 50 008,4 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2021- yilga nisbatan 7 837,9 mln. AQSH dollariga yoki 18,6 % ga koʻpaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 204 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Rossiya Federatsiyasida (18,6 %), XXRda (17,8 %), Qozogʻistonda (9,2 %), Turkiyada (6,4 %), Koreya Respublikasida (4,7 %), Qirgʻiz Respublikasi (2,5 %) va Germaniyada (2,3 %) qayd etilgan.