27/01/2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijdan qiymati 199 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,9 mln. dona mobil telefon import qilingan.

Oʻzbekistonga mobil telefonlar importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 73,8 mingtaga kamaygan.

Oʻzbekiston 2022-yil mobaynida mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

Xitoy – 2,2 mln. dona

BAA – 247,5 ming  dona

Vyetnam – 217,9 ming dona

Hindiston – 185,5 ming dona