25/01/2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-dekabr davrida jami 5163,2 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Shundan 0-18 yoshdagilar 646,7 ming, 19-30 yoshdagilar 1214,8 ming, 31-55 yoshdagilar 2391,7 ming, 56 yosh va undan kattalar esa 909,9 ming nafarni tashkil etadi.

Xorijga turistik maqsadlarda safarga chiqqanlar orasida eng yuqori ulush 46,3 % bilan 31-55 yoshdagilarga toʻgʻri kelmoqda.