23/01/2023

Joriy yilning 23- yanvar kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U.Elmuratov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi bosh mutaxassisi Q.Maxkamov bilan birgalikda Guliston shahar “Obod Yurt” MFYga borib, hozirda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.