23/01/2023

Joriy yilning 20-yanvar kuni Viloyat statistika boshqarmasida, boshqarma xodimlariga, huquqiy bilimlar kuni doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta`minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4551-son qarori hamda Davlat statistika qo‘mitasining 2020-yil 6-yanvardagi 01/2-20-12/3-144-sonli xatini ijrosini ta`minlash bo‘yicha masofaviy onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i U.Elmuratov, boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari S.Yaxyayev, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova, boshqarma va tuman-shahar bo'limi  xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i U.Elmuratov kun tartibidagi masala bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi va so‘zni boshqarmaning bosh yuriskonsulti K.Gaynazarovaga berdi.

K.Gaynazarova, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma`lumotlarining milliy bazasi- “Lex.uz” dan olingan, Davlat Davlat statistika qo‘mitasi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirib, ayrimlarning mazmuniga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova javob berib o‘tdi.