23/01/2023

Sirdaryo viloyatida 2022 – yilning yanvar-dekabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 12342,0 mlrd. so‘mni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil etdi.

Shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 11658,7 mlrd. so‘mni (103,5 %), o‘rmon xo‘jaligi – 568,2 mlrd. so‘mni (102,1 %), baliqchilik xo‘jaligi – 115,1 mlrd. so‘mni (101,6 %) tashkil qildi.

Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Sirdaryo viloyatining ulushi 3,4 % ni tashkil etdi.