23/01/2023

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 69,2 % to‘g‘ri kelib, 2021- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 2,1 punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning yanvar-dekabrga nisbatan 103,1 % ni tashkil etgan holda 2 276,0 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.