Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekistonda 48 734 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan.
Har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.
Hududlar kesimida nikohdan ajralish holatlari soni:
Qoraqalpogʻiston R. – 2067 ta
Andijon viloyati – 5019 ta
Buxoro viloyati – 2561 ta
Jizzax viloyati – 1728 ta
Qashqadaryo viloyati – 3472 ta
Navoiy viloyati – 1430 ta
Namangan viloyati – 4394 ta
Samarqand viloyati – 4907 ta
Surxondaryo viloyati – 2810 ta
Sirdaryo viloyati – 1764 ta
Toshkent viloyati – 5098 ta
Fargʻona viloyati – 5445 ta
Xorazm viloyati – 2138 ta
Toshkent shahri – 5901 ta