Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida sartaroshxona va goʻzallik salonlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 5,1 trln. soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 7,1 % ga oshgan.
Hududlar kesimida sartaroshxona va goʻzallik salonlari xizmatlar hajmi, mlrd. soʻm:
Qoraqalpogʻiston R. – 223,2
Andijon viloyati – 335,6
Buxoro viloyati – 152,8
Jizzax viloyati – 111,2
Qashqadaryo viloyati – 282
Navoiy viloyati – 159,3
Namangan viloyati – 539,6
Samarqand viloyati – 631,7
Surxondaryo viloyati – 190,7
Sirdaryo viloyati – 71,2
Toshkent viloyati – 535,8
Fargʻona viloyati – 685,6
Xorazm viloyati – 252,3
Toshkent shahri – 933,4