18/01/2023

“Statistika” integrallashgan portali ishlab chiqildi va sinov rejimida ishga tushirildi. Statistika portaliga o’tish uchun havola siat.stat.uz

Mazkur portal rasmiy statistik maʼlumotlarni foydalanuvchilarga qulay koʻrinishda taqdim etish maqsadida hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan maʼlumot va metamaʼlumotlarni elektron almashinishning SDMX standarti talablarini toʻliq inobatga olgan holda ishlab chiqildi.

Portalda 1000 dan ortiq rasmiy statistik koʻrsatkichlar joylashtirildi, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida statistik koʻrsatkichlarni 5 xil formatda yuklab olish hamda integratsiya yoʻli bilan tizimga ulanish yoʻlga qoʻyildi.

Tizim sinov tariqasida ishga tushurilganligini inobatga olgan holda ishlash jarayonida kamchiliklar yuzaga kelsa Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasiga murojaat qilishingizni so’raymiz.

 Matbuot xizmati