Tadbirkorlik subyektlariga statistika hisobotlarini taqdim etishda yanada qulay muhit yaratish hamda ko‘p sonli respondentlarning takliflarini inobatga olgan holda, taqdim etish muddati 2023- yil 27- fevral sanasi etib belgilangan quyidagi statistika hisobot shakllarini taqdim etish muddati 2023- yil 3- mart (juma) (o‘z ichiga olgan holda) sanasiga uzaytirildi:
1- kb (yillik) shakli “Mikrofirma va kichik korxonalarning 2022-yil uchun hisoboti” (mazkur hisobotlarning barcha ilovalari bilan birga);
1-fx (yillik) shakli “ Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida 2022 yil hisoboti”;
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ushbu hisobotlarni belgilangan muddatdan kechimasdan taqdim etilishini respondentlardan so‘rab qoladi.