17/01/2023

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari B.Maxkamov oylik iste'mol narxlar indeksi kuzatuvi o‘tkazish yuzasidan Guliston shahar Globus market va Guliston shahar dehqon bozoriga borib, “Iste`mol narxlari indeksi” oylik  kuzatuvining oziq-ovqat guruhi boʻyicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlaridagi narx-navoni o'rganib, tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligini tekshirib, sotuvchi va tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.