Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida 5,2 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,4 mln. nafarga yoki 2,8 baravarga oshgan.
Oʻzbekistonga 2022-yilda eng koʻp qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?
Qozogʻiston – 1551,1 ming nafar
Tojikiston – 1447,8 ming nafar
Qirgʻiz R. – 1356,9 ming nafar
Rossiya – 567,7 ming nafar
Turkiya – 75,6 ming nafar
Janubiy Koreya – 19,9 ming nafar
Germaniya – 17,7 ming nafar
Hindiston – 16,8 ming nafar
AQSH – 13,1 ming nafar
Fransiya – 11 ming nafar
Buyuk Britaniya – 10,5 ming nafar
Ozarbayjon – 10,4 ming nafar
Italiya – 8,8 ming nafar
Ispaniya – 6,3 ming nafar
Xitoy – 5,4 ming nafar